Kontent qismiga oʻtish

Qayrat Oʻtaboev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qayrat Oʻtaboev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Qayrat Komilovich Oʻtaboev
Tavallud sanasi 16-iyul 1980-yil (1980-07-16) (44 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.77 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000-2003 Paxtakor Toshkent 73 (2)
2003-2006 Qayrat 78 (1)
2007 Alma-Ata 15 (0)
2008 Megasport 25 (1)
2009 Andijon 22 (0)
2010 Qayrat 14 (0)
2011 Shakhter Karagandy 28 (1)
2012 Irtish 16 (0)
Milliy terma jamoa
2002 Oʻzbekiston 1 (0)
2005-2007 Qozogʻiston 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2014-yil 14-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 14-noyabr uchun)

Qayrat Oʻtaboev (qozoqcha: Қайрат Кәмілұлы Өтебаев; 16-iyul 1980-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek – qozoq sobiq futbolchisi, himoyachi.[1]

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qayrat Oʻtaboev Oʻzbekiston SSR poytaxti chekkasida tugʻilgan, ammo millati qozoq.[2] 2000-yili „Paxtakor“ safida Oʻzbekiston chempionatida debyut qilgan. 2002-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan. Hatto oʻsha yili Oʻzbekiston terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Bu faqat oʻrtoqlik oʻyini edi, shuning uchun 2005-yilda FIFAQayrat“ safida toʻp surgan vaqtida, Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashga ruxsat bergan. 2003-yilda u Olmaotaning „Qayrat“ lageriga koʻchib oʻtgan va oradan bir yil oʻtib Qozogʻiston chempioni boʻlgan. Qayrat klubda 3 yilini oʻtkazgan. Oʻtaboev keyingi mavsumni Olmaota klubi libosida boshlagan. 2009-yilda Oʻzbekistonning „Andijon“ klubiga oʻtgan. Oʻzbekiston Superligasi bir mavsum davomida faoliyat olib borganidan soʻng, qolgan faoliyatini Qozogʻiston jamoalarida oʻtkazgan.

2011-yil mart oyida Oʻtaboev 2011-yilgi mavsum uchun „Shaxtyor“ tarkibiga kiritilgan[3] Oʻsha mavsumda Qayrat Qozogʻistonning ikki karra chempioniga aylangan. Chempionat yakunlanganidan keyin „Shaxtyor“ rahbariyati Qayrat Oʻtaboev bilan shartnomani uzaytirmadi va erkin agent sifatida „Irtish Pavlodar“ bilan shartnoma imzolagan[4].

2012-yil oxirida u boʻlajak sunʼiy buyrak transplantatsiyasi tufayli professional faoliyatini yakunlagan[5][6].

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Qozogʻiston terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini 2005-yilning 26-martida Daniyaga qarshi oʻtkazgan. Bu 2006-yilgi jahon chempionatiga saralash turniri edi.

2008-yilda Bernd Stork Qozogʻiston terma jamoasini qoʻliga olgach, Qayrat boshqa terma jamoaga taklif etilmagan. Oʻtabayev Qozogʻiston milliy terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan[7].

  • Oʻzbekiston chempioni: 2002
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2001, 2002
  • Qozogʻiston chempioni: 2004, 2011
  • Qozogʻiston kubogi gʻolibi: 2003